Noyob Robotlar jamoasi foydalanuvchilarning maxfiyligini va xavfsizligini qadrlaydi. Ushbu hujjat saytimizdan foydalanish davomida ma’lumotlar qanday yig’ilishi, ishlatilishi va foydalanuvchi xavfsizligi bo‘yicha qoidalarni belgilaydi. Saytdagi robotlar yoki strategiyalar moliyaviy maslahat hisoblanmaydi.
Foydalanuvchi robotlardan va sayt materiallaridan foydalanishdan oldin o‘z tekshiruvini amalga oshiradi. Sayt ma’muriyati foyda yoki zarar uchun javobgar emas.
Hech qanday robot yoki strategiya foyda kafolatlamaydi. Natijalar faqat tavsiyalar sifatida taqdim etiladi.
Foydalanuvchi har qanday robotni real hisobda ishlatishdan oldin demo hisobda sinab ko‘rishi tavsiya etiladi. Bu foydalanuvchi uchun xavfni kamaytiradi.
Saytimizda TradingView, Google Fonts, YouTube va boshqa uchinchi tomon xizmatlari ishlatilishi mumkin. Ushbu xizmatlar o‘z maxfiylik siyosatiga ega bo‘lib, ular uchun javobgarlik faqat xizmat ko‘rsatuvchiga tegishli.
Biz shaxsiy ma’lumotlarni majburiy ravishda yig’maymiz. Biroq, sayt faoliyatini tahlil qilish, til sozlamalarini eslab qolish va interfeysni yaxshilash maqsadida texnik "Cookie" fayllaridan foydalaniladi.
Sayt ma’muriyati ushbu hujjatlarni va sayt materiallarini istalgan vaqtda o‘zgartirish huquqiga ega. Foydalanuvchi saytga kirganida oxirgi yangilanishni ko‘rib chiqishi kerak.
Agar foydalanuvchi materiallar yoki robotlar bilan bog‘liq muammoga duch kelsa, shikoyatlarni faqat Telegram orqali qabul qilinadi: @Noyob_Robotlar.
Sayt materiallaridan foydalanish orqali foydalanuvchi ushbu ogohlantirish bilan tanish va rozilik bildirgan hisoblanadi. Hech qanday shikoyat yoki da’vo saytga qaratilmaydi.